
Oʻzbekiston amputantlar futbol terma jamoasi 10 noyabr kuni jahon chempionatida ishtirok etish uchun Meksikaga uchib ketdi. Turnir 13–22 noyabr kunlari San-Xuan-de-los-Lagos shahrida boʻlib oʻtadi, unda chempionlik uchun 24 ta jamoa kurashadi.

«Bavariya» hujumchisi Garri Keyn «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritganiga qaramay, FIFPRO World 11 erkaklar tarkibidan joy olmadi. Uning Angliya terma jamoasidagi sherigi Jyud Bellingem esa ramziy tarkibga kiritildi.

Rossiya sport vaziri Mixail Degtyarev Rossiya jamoalari bilan oʻynashdan bosh tortayotgan Shvetsiya va Finlyandiya xokkey federatsiyalari bilan bogʻliq mojaro yuzasidan izoh berdi.

Toshkentda sambo boʻyicha 50-jahon chempionati yakunlandi. Oʻzbekiston vakillari bir kumush va besh bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Kanada sport vaziri Adam van Kuverden Rossiya terma jamoasi neytral maqomsiz 2027 yilgi yoshlar JChiga qoʻyilmasligini aytdi. Bu mamlakat va IIHFning 2022 yildan beri pozitsiyasi.

LʼÉquipe yozishicha, 77 yoshli fransiyalik yakuniy qarorni shu haftaning oʻzidayoq qabul qilishi mumkin. Arizalar 18 noyabrgacha qabul qilinadi, saylovning oʻzi esa 2027 yil 18 mart kuni Rabotda boʻlib oʻtadigan FIFA kongressida oʻtkaziladi.