Aleksandr Zverev dunyoning birinchi raketkasiga aylandi
Aleksandr Zverev 9550 ochko bilan yangilangan ATP reytingida peshqadam boʻldi — bu avvalgi yetakchi Yannik Sinnernikidan 100 ochkoga koʻp. Bir hafta ichida germaniyalik tennischi 200 ochko yoʻqotdi, Sinner esa 1000 ochkodan ayrildi.
2-noyabr, 14:33По-русски

commons.wikimedia.org — Daniel Cooper
2 noyabr kuni ATP saytida jahon reytingining yangilangan versiyasi eʼlon qilindi. Zverev tennis tarixida ATP reytingida peshqadam boʻlgan 30-chi tennischiga aylandi.
Birinchi beshlikdagi qolgan oʻrinlar oʻzgarmadi: keyingi pogʻonalardan Karlos Alkaras, Ben Shelton va Daniil Medvedev joy oldi.



