Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Arsen Venger FIFA prezidenti saylovida Infantinoga raqib boʻlishi mumkin

LʼÉquipe yozishicha, 77 yoshli fransiyalik yakuniy qarorni shu haftaning oʻzidayoq qabul qilishi mumkin. Arizalar 18 noyabrgacha qabul qilinadi, saylovning oʻzi esa 2027 yil 18 mart kuni Rabotda boʻlib oʻtadigan FIFA kongressida oʻtkaziladi.

10-noyabr, 15:14По-русски

Vengerni UEFA funksionerlarining bir qismi qoʻllab-quvvatlamoqda. Ular Vengerda Janni Infantinoga haqiqiy raqibni koʻrmoqda. Fransiyalik 2019 yildan beri FIFAda futbolni global rivojlantirish yoʻnalishiga rahbarlik qiladi. Bungacha u «Arsenal»ni 22 mavsum davomida boshqargan va klub bilan Angliya chempionatida uch marta, mamlakat kubogi hamda Superkubogida yetti martadan gʻalaba qozongan.

56 yoshli Infantino 2016 yildan beri FIFAga rahbarlik qilib keladi. U 2019 va 2023 yillarda raqiblarsiz qayta saylangan. Biroq hozir shveysariyalik bosim ostida: jahon chempionati hamda boshqa asosiy turnirlarni oʻtkazish uchun shoʻba tuzilma tashkil etish rejasi tanqidlarga sabab boʻldi. Shundan soʻng UEFA boshqa konfederatsiyalar bilan birgalikda muqobil nomzodni ilgari surishga vaʼda berdi.

«Tottenham»ning sobiq himoyachisi Ramon Vega va Yaponiya futbol assotsiatsiyasining faxriy prezidenti Kodzo Tasima lavozim uchun kurashmoqchi ekanini allaqachon maʼlum qilgan. KONKAKAF rahbari Viktor Montalyani esa saylovda ishtirok etmaydi.

Yana oʻqing