Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Dunyo

Germaniyaliklarning uchdan ikki qismi mamlakatda demokratiyaning ishlashidan norozi

Germaniya aholisining deyarli barchasi demokratiyani davlat boshqaruvi uchun toʻgʻri tuzum deb hisoblaydi, biroq mamlakatda uning ishlashidan koʻpchilik norozi. Bunday maʼlumotlarni Infratest dimap instituti WDR teleradiokompaniyasi buyurtmasiga koʻra oʻtkazilgan soʻrovda oldi. Natijalar 9 noyabr kuni eʼlon qilindi.

10-noyabr, 11:45По-русски

Read in English

Soʻrovda qatnashganlarning 87 foizi demokratiyani boshqaruv shakli sifatida qoʻllab-quvvatladi, 10 foizi esa bunga qarshi fikr bildirdi. Shu bilan birga, respondentlarning 63 foizi hozirgi Germaniyada demokratik tizimning ishlashidan norozi ekanini aytdi.

Soʻrov ishtirokchilarining 36 foizi demokratiya uchun asosiy tahdid oʻng qanot ekstremizmi deb hisoblaydi. Yana 7 foiz respondent oʻng va soʻl qanotdagi radikallardan xavotirda, 6 foiz esa migratsiyani asosiy muammo deb atagan.

Koʻplab nemislar qarorlar qabul qilishda faolroq ishtirok etishni istaydi. 71 foiz siyosiy masalalar, jumladan umummilliy masalalar boʻyicha referendumlar oʻtkazilishini qoʻllab-quvvatlaydi, 21 foiz esa bunga qarshi. Yana 64 foiz fuqarolar ovoz berish orqali budjet mablagʻlarining bir qismini taqsimlashi kerak degan gʻoyani maʼqullaydi.

Soʻrov 19–27 oktyabr kunlari mamlakatning 16 yoshdan katta 2281 nafar aholisi oʻrtasida oʻtkazildi. Norozi fuqarolar eng kam Shimoliy Reyn-Vestfaliyada boʻlgan, biroq u yerda ham ularning ulushi 56 foizni tashkil etgan.

Yana oʻqing