Suv uchun qarzdorlarga elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyati cheklanishi mumkin
2027-yil 1-yanvardan boshlab suv uchun qarzi bor isteʼmolchilarga ogohlantirish berilib, qarzni undirish tartib-taomillari amalga oshirilganidan soʻng elektr energiyasi uchun toʻlov qilish imkoniyati cheklanishi mumkin. Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bundan mustasno.
31-oktabr, 19:10По-русски

Toolmash Expo, Unsplash
Bu haqda 30-oktabr kuni oʻtkazilgan matbuot anjumanida «Oʻzsuvtaʼminot» AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari Islom Abdullayev maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, qarzdorga avval ogohlantirish yuboriladi, shundan keyin qarzni uzish uchun besh kun beriladi. Toʻlov amalga oshirilmasa, xizmat belgilangan tartibda cheklanadi va qarzdorlikni undirish boshlanadi.



