Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Dunyo

Bugun Turkiyada BMTning COP31 iqlim konferensiyasi boshlandi

9 noyabr kuni Antaliyada 196 mamlakat va Yevropa Ittifoqi vakillari ishtirokidagi BMT iqlim konferensiyasi — COP31 boshlandi.

9-noyabr, 15:25По-русски

Read in English

Turkiyaning Antaliya shahrida BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha doiraviy konvensiyasi Tomonlarining 31-konferensiyasi oʻz ishini boshladi. Yetakchilar uchrashuvi 11–12 noyabr kunlari Moviy zonada oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Unga Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan raislik qiladi.

Ishtirokchilar toza energetikaga oʻtish, oziq-ovqat xavfsizligi, shaharlarning iqlimga chidamliligi, yashil sanoatlashtirish, chiqindilar hajmini kamaytirish, okean va dengizlarni muhofaza qilish, shuningdek, barqaror sogʻliqni saqlash tizimlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qiladi.

COP31da Turkiya raisligi atrof-muhit, shaharsozlik va iqlim oʻzgarishi vaziri Murat Kurum zimmasiga yuklatilgan. Mamlakat hukumati iqlim boʻyicha majburiyatlarni aniq yechimlar bilan bogʻlaydigan «Amaliy harakatlar COPi» konsepsiyasini ilgari surmoqchi.

Konferensiya maydoni 1,1 mln kvadrat metrni egallaydi va Moviy hamda Yashil zonalarga boʻlingan. Moviy zonada davlat delegatsiyalari va xalqaro tashkilotlar rasmiy muzokaralar olib boradi. Yashil zonada xususiy sektor, olimlar, fuqarolik tashkilotlari va yoshlar iqlim loyihalarini taqdim etadi.

Tashkilotchilar kutishicha, Yashil zonaga 1,5 mln kishi, Moviy zonaga esa taxminan 100 ming kishi tashrif buyuradi.

Yana oʻqing