Yengil atletika boʻyicha Yevropa chempioni hayotining 35-yilida vafot etdi
Irlandiyalik yengil atletikachi, 2024-yilgi Yevropa chempionatining 1500 metrga yugurish boʻyicha gʻolibi Kira Magian 34 yoshida vafot etdi. Uning vafoti haqida 1-noyabr kuni Olmos ligasi matbuot xizmati maʼlum qildi.
2-noyabr, 17:09По-русски

Magian 1500 metrga yugurish boʻyicha Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, u qitʼa chempionatida kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritgan hamda Rio-de-Janeyro va Tokio Olimpiya oʻyinlarida ishtirok etgan.
2025-yil yozida Magian saraton kasalligiga chalingani aniqlanganini maʼlum qilgan. Olmos ligasi uning vafotini yengil atletika hamjamiyati uchun ogʻir yoʻqotish deb atadi.



