Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Navoiy va Buxoroda 8 noyabr kuni har qachongidan issiqroq boʻldi

8 noyabr kuni Navoiy va Buxoroda kuzatuvlar tarixida shu sana uchun qayd etilgan eng yuqori harorat kuzatildi. Bu haqda Oʻzgidromet matbuot xizmati xabar berdi.

9-noyabr, 12:59По-русски

Read in English

Navoiyda havo 30 darajagacha isidi. Avvalgi rekord 1992-yildan beri saqlanib kelayotgan boʻlib, 28,7 darajani tashkil etgan. Yangi koʻrsatkich undan 1,3 darajaga yuqori.

Buxoroda termometr 30,6 darajagacha koʻtarildi. 1992-yilda oʻrnatilgan avvalgi rekord 29,5 darajani tashkil etgan va endi u 1,1 darajaga yangilandi.

Ikki kun avval — 6 noyabr kuni — Toshkentda ham rekord yangilandi. Poytaxtda harorat 26,9 darajani koʻrsatdi. Bu 1981-yilda shu sana uchun qayd etilgan 26,4 darajadan 0,5 darajaga yuqori.

Yana oʻqing