AI yadroviy tiklanishni tezlashtirdi — qurilayotgan AESlar soni 40 yillik rekordda
WNA bahosiga koʻra, dunyoda 79 ta yadroviy reaktor qurilmoqda — bu soʻnggi 40 yildagi eng yuqori koʻrsatkich. Yana 122 loyiha rejalashtirilgan, 300 dan ortigʻi istiqbolli deb baholanadi.

2026-yil 16-oktabr holatiga koʻra, turli mamlakatlarda bir vaqtning oʻzida 79 ta reaktor qurilmoqda. Rejalarni kengaytirishga maʼlumotlar markazlari va AIʼning elektr energiyasiga ehtiyoji, shuningdek qazib olinadigan yoqilgʻi narxlarining oshishi turtki bermoqda.
Loyihalar qurilish bosqichiga oʻtishi uchun moliyalashtirish, litsenziyalash va tayyor sanoat bazasi talab etiladi.
Yadro energetikasi Yevropa va Yaponiya kun tartibiga qaytmoqda. Fransiya 14 ta reaktor qurish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, Yaponiya esa 11–14 ta yangi energiya bloki barpo etishni rejalashtirmoqda.
Yana oʻqing

NHTSA kuyishlar haqidagi xabarlardan soʻng 1,2 mln Ford Explorer avtomobilini tekshira boshladi
Texnologiyalar18:02
Maskning ulkan Terafab fabrikasi qurilishi kosmosdan koʻrsatildi
Texnologiyalar9-noyabr, 12:56
