Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

NHTSA kuyishlar haqidagi xabarlardan soʻng 1,2 mln Ford Explorer avtomobilini tekshira boshladi

AQSh Milliy yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi (NHTSA) 2021–2026-yillarda ishlab chiqarilgan Ford Explorer avtomobillarini yon xavfsizlik yostiqchalari ishga tushganda kuyish holatlari yuz bergani haqidagi xabarlardan soʻng tekshira boshladi.

10-noyabr, 18:02По-русски
commons.wikimedia.org — Alexander-93

Bunga avtomobil egalari va ishlab chiqaruvchining oldingi oʻrindiqlarga oʻrnatilgan yon xavfsizlik yostiqchalari ishga tushganidan keyingi jarohatlar haqidagi xabarlari sabab boʻldi.

Tekshiruv bir xil konstruksiyadagi xavfsizlik yostiqchalariga ega 1 236 155 ta avtomobilni qamrab oladi. Idora materiallarida 11 ta alohida hodisa qayd etilgan: 10 holatda haydovchilar yoki oldingi oʻrindiqlardagi yoʻlovchilar tibbiy yordam talab qilgan ikkinchi yoki uchinchi darajali kuyishlarni olgan.

NHTSA faqat avtomobilning oldingi qatoridagi xavfsizlik yostiqchalarini oʻrganayotganini taʼkidladi. Hozircha idorada muammo orqa oʻrindiqlarga, frontal xavfsizlik yostiqchalariga yoki yon parda tipidagi xavfsizlik yostiqchalariga ham taalluqli ekanini koʻrsatuvchi maʼlumotlar yoʻq.

Dastlabki baholash — maʼlumot toʻplash bosqichi. U yakunlangach, NHTSA keyingi choralarni koʻrmasdan tekshiruvni yopishi, kengaytirilgan muhandislik tahlilini boshlashi yoki maʼlumotlar bunday qadam zarurligini koʻrsatsa, avtomobillarni qaytarib olishni talab qilishi mumkin. Ford hozircha avtomobillarni qaytarib olish haqida eʼlon qilgani yoʻq va tasvirlangan shikoyatlar yuzasidan ommaviy izoh bermadi.

Yana oʻqing