Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

Maskning ulkan Terafab fabrikasi qurilishi kosmosdan koʻrsatildi

Yangi sunʼiy yoʻldosh suratlari Texasda SpaceX va Tesla loyihasi boʻlgan Terafab qurilayotganini qayd etdi. Ilon Mask chiplar seriyali ishlab chiqarilishini 2028 yil III choragida boshlamoqchi.

9-noyabr, 12:56По-русски

Read in English

Qurilish maydoni Grimes okrugida tanlangan. Ishlar yakunlangach, majmua 100 mln kvadrat futdan ortiq ishlab chiqarish binolarini oʻz ichiga oladi — bu Gigafactory Texasdan qariyb oʻn baravar katta.

SpaceX va Tesla loyihaga 16,8 mlrd dollar kiritmoqchi; korxonada kamida 3000 ta ish oʻrni yaratiladi. Ilgʻor mikrochiplarni ishlab chiqarishdan tortib ularni qadoqlash va sinovdan oʻtkazishgacha boʻlgan butun jarayonni bitta hududda tashkil etish rejalashtirilgan.

Hisoblangan quvvati yiliga 1 TVt gacha hisoblash imkoniyatini tashkil etadi. Kompaniyalar rejasiga koʻra, bu ularga yarimoʻtkazgichlarning tashqi yetkazib beruvchilariga qaramlikni kamaytirish va hisoblash texnikasiga ortib borayotgan talabni qondirish imkonini beradi.

Chiplar Teslaʼning Optimus robotlari, Cybercab haydovchisiz avtomobillari, sunʼiy intellekt tizimlari va SpaceXʼning kosmik maʼlumotlar markazlari uchun moʻljallangan.

Yana oʻqing