Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Toshkent yaqinida $171,4 mlnlik «Koltsevaya» podstansiyasi ishga tushirildi

7 noyabr kuni Toshkent viloyatida kuchlanishi 500 kV, quvvati 1602 MVA boʻlgan «Koltsevaya» podstansiyasi ishga tushirildi. U Toshkent va viloyatning bir qismi elektr taʼminotini yanada ishonchli qiladi hamda amaldagi tarmoqlar yuklamasini kamaytirishga yordam beradi, deya xabar qildi Energetika vazirligi.

8-noyabr, 14:49По-русски

Read in English

Qiymati $171,4 mln boʻlgan loyiha Jahon banki koʻmagida amalga oshirildi. Podstansiya bilan birga 285 km uzunlikdagi yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari ham qurildi. Bu mamlakatdagi toʻliq raqamli boshqaruvga ega birinchi podstansiyadir. U Sirdaryo viloyatidagi elektr stansiyalari va mamlakat janubi-gʻarbidagi shamol elektr stansiyalaridan energiya oladi.

Obyekt 2021 yilda maʼqullangan qiymati $380 mln boʻlgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish dasturiga kiradi. Dastur doirasida yana 22 ta eskirgan podstansiya yangilanadi va Oʻzbekistonning deyarli barcha hududlarida elektr uzatish liniyalari quriladi.

Yana oʻqing