Jahon chempionatidagi oltinchi oltin sari: Oʻzbekiston amputantlar futbol terma jamoasi Meksikadagi mundialga uchib ketdi
Oʻzbekiston amputantlar futbol terma jamoasi 10 noyabr kuni jahon chempionatida ishtirok etish uchun Meksikaga uchib ketdi. Turnir 13–22 noyabr kunlari San-Xuan-de-los-Lagos shahrida boʻlib oʻtadi, unda chempionlik uchun 24 ta jamoa kurashadi.

Oʻzbekiston E guruhidan AQSh, Urugvay va Marokash terma jamoalari bilan joy oldi. Terma jamoamizning guruh bosqichi ketma-ket uch kun davom etadi:
14 noyabr — AQSh; 15 noyabr — Urugvay; 16 noyabr — Marokash.
Oʻzbekiston terma jamoasi ushbu sport turidagi eng sovrindor jamoalardan biri hisoblanadi: uning hisobida beshta chempionlik unvoni bor. Jamoa 1990, 1991, 2007, 2010 va 2012-yillardagi mundiallarda gʻolib boʻlgan. Soʻnggi uchta oltin medalni esa ketma-ket — Turkiya, Argentina va Rossiyada qoʻlga kiritgan.



