Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Shavkat Mirziyoyev kredit reklamalaridagi ogohlantirishlar haqidagi qonunni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev qonunni imzoladi: kredit va mikrozaym reklamalarida moliyaviy xatarlar haqida ogohlantirish boʻlishi, u maydon yoki vaqtning kamida 10 foizini egallashi kerak.

10-noyabr, 17:32По-русски
rupixen, Unsplash

2026-yil 10-noyabr kuni prezident «Reklama toʻgʻrisida»gi qonunga oʻzgartishlar kirituvchi OʻRQ-1187-sonli qonunni imzoladi. Oʻzgartishlar kreditlar va mikrozaymlar reklamasiga taalluqli.

Bunday materiallarda qarz oluvchining moliyaviy majburiyatlarini bajarmasligi moliyaviy xatarlarga olib kelishi mumkinligi koʻrsatilishi kerak. Bosma va grafik reklamalarda ogohlantirish asosiy maydonning kamida 10 foizini, audio va videomateriallarda esa vaqtning kamida 10 foizini egallashi lozim.

Hujjat mart oyida Qonunchilik palatasida birinchi va ikkinchi oʻqishlardan oʻtdi, avgust oyida esa Senat tomonidan maʼqullandi. Oʻzgartishlar muhokamasi chogʻida senatorlar fuqarolar va biznesning moliyaviy savodxonligini oshirish zarurligini taʼkidladilar. Shu maqsadga qaratilgan maʼlumotlarni ijtimoiy axborotga tenglashtirish rejalashtirilmoqda.

Sentyabr oxirida Markaziy bank kreditlar reklamasi va bank shartnomalariga qoʻyiladigan talablarni tasdiqladi. Moliyaviy xatarlar yuzaga kelishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish kredit shartnomasining birinchi sahifasida, uning matnidan oldin joylashtirilishi va sahifa asosiy maydonining kamida 30 foizini egallashi kerak. Toʻliq ogohlantirish matni saqlanadigan boʻlsa, uni grafik yoki infografika koʻrinishida rasmiylashtirish mumkin.

Yana oʻqing