Toshkentda kechqurun yomgʻir yogʻishi, togʻlarda esa sel va toshqinlar kuzatilishi mumkin
Kunduzi bir necha hududda, Toshkentda esa kechqurun yomgʻir yogʻishi mumkin. Togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda kuchli yogʻingarchilik, baland togʻlarda esa qor kutilmoqda.

6 noyabr kuni kunduzi Oʻzbekistonda yogʻingarchilik kutilmaydi, biroq Qoraqalpogʻiston va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomgʻir yogʻishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Qashqadaryo, Surxondaryo, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida ham yogʻingarchilik ehtimoli bor.
Oʻzgidromet maʼlumotlariga koʻra, shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda esa 13–18 m/s gacha kuchayadi. Ayrim hududlarda yer yuzasida chang koʻtarilishi mumkin. Havo harorati 22–27 daraja iliq boʻladi.
Toshkentda kechqurun yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol 5–10 m/s tezlikda esishi, havo harorati esa 24–26 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda.
Togʻoldi va togʻli hududlarda ayrim joylarda yomgʻir yogʻadi, baʼzi joylarda u kuchli boʻlishi mumkin. Baland togʻlarda yomgʻir qorga aylanishi ehtimoli bor. Shuningdek, sel va toshqinlar kuzatilishi mumkin. Bu hududlarda havo harorati 13–18 daraja iliq boʻladi.



