FDA Ozempic va uning analoglarini qabul qilayotganlarda koʻrish qobiliyatini yoʻqotish xavfi haqida ogohlantirdi
AQSh Oziq-ovqat va dori-darmonlar sifatini nazorat qilish boshqarmasi (FDA) GLP-1 guruhiga kiruvchi barcha preparatlar ishlab chiqaruvchilarini yoʻriqnomalarga yangi ogohlantirish kiritishga majbur qildi.

Ogohlantirish koʻrish keskin yomonlashishiga olib kelishi mumkin boʻlgan kam uchraydigan kasallik — arteritga aloqador boʻlmagan oldingi ishemik optik neyropatiya (NAION) xavfi oshishi ehtimoliga taalluqli.
NAION koʻruv nervining oldingi qismiga qon kelishi buzilganda rivojlanadi. Natijada koʻrish qobiliyati toʻsatdan pasayishi, baʼzan esa butunlay tiklanmasligi mumkin. Kasallikning aniq sabablari hali toʻliq oʻrganilmagan.
FDA maʼlumotlariga koʻra, hozir bozorda sotilayotgan barcha GLP-1 preparatlarini qabul qilayotgan bemorlarda NAION holatlari qayd etilgan. Shu bilan birga, regulyator dorilar bilan kasallik oʻrtasidagi toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliqlik hozircha isbotlanmaganini, kasallikning oʻzi esa kam uchrashini taʼkidlamoqda.
FDA bu qarorni klinik sinovlar, real bemorlar haqidagi maʼlumotlar va ilmiy nashrlarni oʻrganib chiqqach qabul qildi. 134 mingdan ortiq kishi ishtirok etgan 126 ta tadqiqot tahlili shuni koʻrsatdiki, GLP-1 preparatlarini qabul qilgan har 100 ming bemorga yiliga 6,4 ta NAION holati toʻgʻri kelgan. Boshqa davolash usulini olgan yoki platsebo qabul qilganlar orasida bu koʻrsatkich 3,8 ni tashkil etgan. Bir nechta boshqa kuzatuv tadqiqotlarida ham xavf oshgani aniqlangan.
GLP-1 preparatlari 2-tur diabeti va semirishni davolashda qoʻllanadi. Bu guruhga, masalan, Novo Nordisk kompaniyasining Ozempic va Wegovy preparatlari, shuningdek, Eli Lilly kompaniyasining Mounjaro, Zepbound va Foundayo preparatlari kiradi. CNBC har ikki kompaniyadan izoh soʻradi.
Yana oʻqing

BMT iqlim organi rahbari: iqlim oʻzgarishi pandemiyadek sogʻliq uchun xavf tugʻdirmoqda
Fan va salomatlik19:15
Olimlar yangi terapiya sinovida barcha sichqonlardagi miya oʻsmalarini yoʻq qildi
Fan va salomatlik9-noyabr, 17:14
