Swift observatoriyasi 2026-yil 6-noyabrda Yer atmosferasiga kiradi
AQSh Kosmik kuchlari bahosiga koʻra, Swift observatoriyasi 2026-yil 6-noyabrda atmosferaga kiradi. Taxminan 1,5 tonna ogʻirlikdagi apparat 22 yil ishlagach, missiyasini yakunlaydi. Ayrim boʻlaklari Yerga tushishi mumkin, biroq katta ehtimol bilan ular okeanga qulaydi.

Swift 2004-yil noyabrda orbitaga chiqarilgan. Observatoriya gamma-nurli chaqnashlar va oʻta yangi yulduzlar portlashlarini tadqiq qilib, 2000 dan ortiq gamma-nurli chaqnashni va taxminan 1400 ta oʻta yangi yulduz portlashini qayd etgan.
Apparat orbitadan tushayotganda asosan zich atmosferada parchalanib, yonib ketadi. Yer yuzasigacha faqat eng chidamli qismlar, jumladan volfram komponentlari va koʻzgular boʻlaklarigina yetib borishi mumkin. Koʻrib chiqilayotgan qulash hududi Afrika, Avstraliya, Hindiston, Janubi-Sharqiy Osiyo, shuningdek, Markaziy va Janubiy Amerikani oʻz ichiga oladi.
Iyul oyida NASA Swift orbitasining balandligini oshirish uchun Link robotlashtirilgan kosmik tortuvchisidan foydalandi. Orientatsiya tizimidagi nosozlik sabab tortuvchi aylana boshladi va aloqa uzildi, shu bois observatoriyani ilib olishning imkoni boʻlmadi. Keyinroq NASA teleskop ishini yakunladi: orbita pasayib bordi, atmosfera qarshiligi esa kuchaydi.
Yana oʻqing

NHTSA kuyishlar haqidagi xabarlardan soʻng 1,2 mln Ford Explorer avtomobilini tekshira boshladi
Texnologiyalar18:02
Maskning ulkan Terafab fabrikasi qurilishi kosmosdan koʻrsatildi
Texnologiyalar9-noyabr, 12:56
