Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Toshkentda yoʻl haqini toʻlash nazorati kuchaytirildi

Toshkent jamoat transportida yoʻl haqi toʻlanganini tekshirish boʻyicha kuchaytirilgan reydlar oʻtkazilmoqda. Bunga yoʻl haqini toʻlamay yurish holatlari koʻpaygani sabab boʻlgan, deya xabar berdi Transport vazirligi.

10-noyabr, 17:59По-русски

Avtobuslarda tekshiruvlarni «Toshkent shahrida yoʻlovchi tashishlarni monitoring qilish va nazorat qilish» davlat muassasasi nazoratchilari oʻtkazmoqda. Qoidabuzarlarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar tuzilmoqda. Bundan tashqari, nazoratchilar yoʻlovchilarga elektron toʻlov tizimidan qanday foydalanishni tushuntirib, yoʻl haqini oʻz vaqtida toʻlash zarurligini eslatmoqda.

2026-yil yanvaridan oktabrgacha Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 144-moddasi boʻyicha 138 780 ta bayonnoma tuzilgan. Shundan 25 596 tasi yoki 18,4 foizi oktabr oyiga toʻgʻri kelgan. Noyabr oyining dastlabki toʻqqiz kunida yana 7 757 ta bayonnoma rasmiylashtirildi — kuniga oʻrtacha 862 tadan. Yil boshidan buyon jami 146 537 ta bayonnoma tuzilgan.

Transport vazirligi yoʻlovchilarni jamoat transportidan foydalanish qoidalariga rioya qilishga va yoʻl haqini toʻlashni unutmaslikka chaqirdi.

Yana oʻqing