Apple 2027-yilda sunʼiy intellektli uy robotini taqdim etishi mumkin
Apple harakatlanuvchi qoʻlga oʻrnatilgan toʻqqiz dyuymli ekranli stol usti uy robotini ishlab chiqmoqda. Qurilma 2027-yilda taqdim etilishi mumkin.

The Information maʼlumotiga koʻra, J595 kod nomli loyiha Appleʼda 2019-yilda paydo boʻlgan. Dastlab qurilma asosan videomuloqotlar uchun moʻljallangan, keyinchalik kompaniya uning vazifalarini sunʼiy intellekt funksiyalari hisobiga kengaytirgan.
Robot kamera va sensorlar yordamida atrof-muhitni tahlil qilishi, odam paydo boʻlganda chiroqni yoqishi va yaqin atrofdagi buyumlarni tanishi mumkin. Ekran obyektlarning joylashuviga qarab harakatlanuvchi qoʻl orqali siljiydi, biroq robotning oʻzi joyida qoladi.
Loyihaning apparat qismi taxminan ikki yil avval asosan tayyor boʻlgan, ammo dasturiy taʼminot va qoʻshimcha sunʼiy intellekt funksiyalarini ishlab chiqish qurilma chiqarilishini kechiktirmoqda. HomeView Ultraʼning kutilayotgan narxi taxminan 1000 dollarni tashkil etadi, biroq butlovchi qismlar qimmatlashgani sababli yakuniy narx oshishi mumkin.
Yana oʻqing

NHTSA kuyishlar haqidagi xabarlardan soʻng 1,2 mln Ford Explorer avtomobilini tekshira boshladi
Texnologiyalar18:02
Maskning ulkan Terafab fabrikasi qurilishi kosmosdan koʻrsatildi
Texnologiyalar9-noyabr, 12:56
