Toshkent aeroportida 1 mlrd soʻmdan ortiq zargarlik buyumlari noqonuniy olib kirilgani aniqlandi
Toshkent aeroportida belgilangan meʼyorlardan ortiq oltin zargarlik buyumlarini noqonuniy olib kirishning bir necha holati aniqlandi. Ularning dastlabki qiymati 1 mlrd 20 mln soʻmdan oshadi.
6-noyabr, 13:37По-русски

Soʻnggi kunlarda «Toshkent-AERO» chegara bojxona posti xodimlari turli mamlakatlardan xalqaro reyslar bilan kelgan yoʻlovchilardan zargarlik buyumlarini aniqladi. Buyumlar bagajda va yoʻlovchilarning yonida boʻlgan, biroq bojxona nazoratida deklaratsiya qilinmagan.
Topilgan oltin zargarlik buyumlarining umumiy ogʻirligi qariyb 691 grammni tashkil etdi. Dastlabki baholashga koʻra, ularning qiymati 1 mlrd 20 mln soʻmdan oshadi. Aniqlangan barcha holatlar boʻyicha bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.



