Toqayev Oʻzbekiston va Pokiston bilan bojxona hamkorligi haqidagi qonunlarni imzoladi
5 noyabr kuni Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Oʻzbekiston va Pokiston bilan bojxona hamkorligi bitimlarini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunlarni imzoladi.
5-noyabr, 13:44По-русски

5 noyabr kuni Toqayev Qozogʻiston va Oʻzbekiston hukumatlari oʻrtasida ikki davlat bojxona xizmatlari vakolatxonalarini ochish haqidagi bitimni ratifikatsiya qilish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.
Ikkinchi qonun Qozogʻistonning Pokiston Islom Respublikasi bilan bojxona masalalarida hamkorlik qilish va oʻzaro maʼmuriy yordam koʻrsatish haqidagi bitimiga taalluqli.



