Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Eskirgan standartlar Oʻzbekistonning JSTga kirishiga toʻsqinlik qilmoqda — deputatlar

Parlament quyi palatasi Texnik jihatdan tartibga solish agentligi rahbari Ansabxon Zakirovga soʻrov yubordi. Soʻrov tashabbuskori, deputat Nodira Janibekova, sohada eskirgan standartlar, raqamlashtirish darajasining pastligi va korrupsiya xavflari borligini taʼkidladi.

10-noyabr, 17:26По-русски
president.uz — Пресс-служба Президента Республики Узбекистан

Deputatning qayd etishicha, amalda boʻlgan 33 mingdan ortiq standartning qariyb yarmi eskirgan yoki xalqaro talablarga mos kelmaydi. Uning soʻzlariga koʻra, bu Oʻzbekistonning JSTga kirishiga jiddiy toʻsqinlik qilmoqda: texnik jihatdan tartibga solish tizimining xalqaro meʼyorlarga muvofiqligi aʼzolikning asosiy shartlaridan biridir.

Agentlik rahbariga toʻrt yoʻnalish boʻyicha savollar yoʻllangan, ammo majlisda savollarning oʻzi oʻqib eshittirilmagan. Qonunga koʻra, u parlament soʻroviga oʻn kun ichida yozma ravishda javob berishi kerak.

Standartlarni qayta koʻrib chiqish zarurati haqida fevral oyida prezident huzuridagi yigʻilishda ham aytilgan edi. 16 fevral kuni Shavkat Mirziyoyev texnik jihatdan tartibga solish sohasini isloh qilish toʻgʻrisidagi farmonni imzoladi: 2026 yil 1 maydan standartlar ixtiyoriy boʻldi, xalqaro meʼyorlar esa turli sohalarda bosqichma-bosqich joriy etilmoqda va bu jarayon 2028 yilgacha yakunlanadi.

Yana oʻqing