Seshanba, 10-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Oʻzbekiston

Oʻzbekistonga yomgʻir va qor yogʻadigan keskin sovuq havo kirib keladi

9-noyabrdan Oʻzbekistonda ob-havo keskin oʻzgaradi: mamlakatga sovuq va nam havo kirib keladi. Dastlab, 9-noyabr kuni u shimoliy hududlarni qamrab oladi, 10–12-noyabr kunlari esa qolgan hududlarga tarqaladi. Bu haqda Oʻzgidromet ogohlantirdi.

8-noyabr, 15:04По-русски

Read in English

9–11-noyabr kunlari mamlakat boʻylab yomgʻir yogʻishi kutilmoqda, ayrim joylarda yomgʻir kuchli boʻladi. 10–11-noyabr kunlari shimolda va togʻlarda yogʻingarchilik ayrim joylarda qorga oʻtadi. Ayrim hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayadi.

Harorat bosqichma-bosqich pasayadi: shimolda 9-noyabrdan, qolgan hududlarda esa 10–12-noyabr kunlari. Shimol va choʻl zonasida kechasi −2 dan −7 darajagacha, kunduzi +3 dan +8 darajagacha boʻladi. Qolgan hududlarda kechasi 0 dan +5 darajagacha, ayrim joylarda −1…−2 daraja, kunduzi esa +7 dan +12 darajagacha boʻlishi kutilmoqda.

Yana oʻqing