
Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Moskva Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdor ekanini bildirdi.

Nyu-Yorkdagi federal sud hayʼati Huawei va uning uch shoʻba kompaniyasini tijorat sirlarini oʻgʻirlash, bank firibgarligi hamda AQSh sanksiyalarini buzishda aybdor deb topdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp va NATO bosh kotibi Mark Ryutte Florida shtatida Ukrainadagi nizoni tinch yoʻl bilan hal etish hamda Eron bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qilib, tinchlik bitimini tezlashtirishga chaqirdi.

26–27 noyabr kunlari Bryusselda oʻtadigan navbatdan tashqari YI sammitida ittifoqning 2028–2034 yillardagi budjeti va Ukrainaning 2027 yilgi moliyalashtirilishi muhokama qilinadi.

Vashington Ukrainadagi mojaroni tartibga solish jarayonining bir qismiga aylanishi mumkin boʻlgan Moskva bilan tijoriy kelishuvlarni muhokama qilishni noaniq muddatga qoldirdi. Bu haqda Financial Times manbalarga tayanib xabar berdi.

Yevroosiyo iqtisodiy aloqalar jamgʻarmasi rahbari Hikmet Erenning fikricha, Shavkat Mirziyoyevning 23–24 noyabrdagi tashrifi yangi iqtisodiy loyihalarga yoʻl ochadi.