Har bir vazir Oʻzbekistonda yiliga 3–4 ta xalqaro tadbir oʻtkazishi kerak boʻladi
Ularni tegishli sohadagi xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etish lozim. Bu haqda matbuot xizmati xabar berdi.

Bosh vazirga har bir vazirlik uchun ikki yillik xalqaro tadbirlar rejasini tasdiqlash va ularni tashkil etish tartibini soddalashtirish topshirildi.
Shuningdek, hududlarda qurilayotgan kongress-markazlar, yirik mehmonxonalar va turistik majmualardan xalqaro tadbirlar uchun faol foydalanish kerakligi taʼkidlandi.
Bunga misol sifatida 50 dan ortiq xalqaro brend faoliyat yuritayotgan Toshkentdagi City Mall savdo markazi keltirildi. Matbuot xizmati maʼlumotlariga koʻra, bu qoʻshni mamlakatlardan Oʻzbekistonga tobora koʻproq xaridorlarni jalb qilmoqda. Ushbu tajribani Samarqand, Buxoro va Xivada ham qoʻllash taklif etildi.
Yana oʻqing

Lavrov Rossiyaning Gruziya bilan munosabatlarni normallashtirishdan manfaatdorligini aytdi
Siyosat26-noyabr, 20:32
Huawei tijorat sirlarini oʻgʻirlashda aybdor deb topildi
Siyosat26-noyabr, 20:11
