Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Oʻzbekistonda oʻn oyda baxtsiz hodisalar oqibatida 231 kishi halok boʻldi

2026 yil yanvar-oktabr oylarida Oʻzbekistonda mehnat faoliyati bilan bogʻliq 771 ta baxtsiz hodisa qayd etildi. Ularda 231 kishi halok boʻldi, deya xabar berdi Mehnat inspeksiyasi.

18-noyabr, 16:39По-русски

Read in English

gov.uz

Davlat mehnat inspeksiyasi Oʻzbekistonda 2026 yil yanvar-oktabr oylarida yuz bergan baxtsiz hodisalar haqidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi. 771 ta hodisaning 38 tasi guruhli boʻlgan, 542 tasi ogʻir oqibatlarga olib kelgan, 189 tasida odamlar halok boʻlgan, yana ikkitasining oqibati yengil boʻlgan.

Jami 847 kishi jabrlangan. Ulardan 486 nafari ogʻir, 30 nafari yengil jarohat olgan; 231 kishi halok boʻlgan. Hodisalar eng koʻp sanoatda — 259 ta, qurilishda esa 217 ta qayd etilgan. Bu tarmoqlarga barcha hodisalarning qariyb 62 foizi toʻgʻri kelgan.

Toshkentda 155 ta, Toshkent viloyatida 106 ta, Qashqadaryo viloyatida 71 ta, Navoiy viloyatida 65 ta, Buxoro viloyatida 63 ta hodisa qayd etilgan. Hodisalar eng kam Xorazm viloyatida — 20 ta, Jizzax viloyatida — 21 ta va Surxondaryo viloyatida — 24 ta boʻlgan.

Inspeksiya maʼlumotlariga koʻra, zararni qoplash uchun bir martalik va oylik toʻlovlar sifatida 16 mlrd 637 mln soʻm undirildi.