NBA Yevropa loyihasiga futbol klublarini jalb etish uchun milliardlab fond tayyorlamoqda
NBA Yevropa basketbol ligasi uchun milliardlab mablagʻli fond ustida ishlamoqda. Mablagʻlarni arenalar va yirik futbol klublarini jalb etishga yoʻnaltirish rejalashtirilmoqda.
17-noyabr, 11:21По-русски

sports.ru
Loyiha yirik xalqaro moliya institutlari konsorsiumi moliyalashtiradigan infratuzilmaviy fond tashkil etishni nazarda tutadi.
Mablagʻlardan basketbol arenalarini rivojlantirish va «Real», «Barselona», «Pari Sen-Jermen» hamda «Milan» klublarini Yevropa ligasiga jalb etish uchun foydalanish rejalashtirilmoqda. Fond zamonaviy arenalar qurilishiga ketadigan yuqori xarajatlarning taʼsirini kamaytirishi kerak — bu potensial investorlar uchun asosiy muammolardan biridir.



