Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

AQSh Megaspeedʼni savdo qora roʻyxatiga kiritdi

AQSh Singapurda roʻyxatdan oʻtgan Megaspeed kompaniyasi va u bilan bogʻliq olti tashkilotni savdo qora roʻyxatiga kiritdi. Ularga Amerika texnologiyalarini yetkazib berish faqat hukumat ruxsati bilan mumkin.

25-noyabr, 20:00По-русски

Read in English

Qaror ikki yil davom etgan tekshiruvdan soʻng qabul qilindi. Vashington Megaspeed cheklovlarni chetlab oʻtishga va Nvidiaʼning ilgʻor sunʼiy intellekt chiplarini Xitoyga yetkazib berishga yordam bergan boʻlishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Bu voqea Nvidia kompaniyasi hammuassisi va rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro fonida ommaga maʼlum boʻldi. Ikki hafta oldin u Megaspeedʼning sobiq boshqaruvchi direktori Elis Huang bilan ishqiy munosabatlari haqidagi xabarlar ortidan lavozimini tark etdi. OAV maʼlumotlariga koʻra, maxsus xizmatlar uni Xitoy razvedkasi bilan aloqadorlikda gumon qilmoqda. Bir kun avval direktorlar kengashi Jensen Huangni bosh direktor lavozimiga qaytardi.

Megaspeed kompaniyasi qonunlarga rioya qilganini, Elis Huang esa kompaniyani oʻtgan yil avgustidayoq tark etganini bildirdi. Pekin josuslik haqidagi ayblovlarni asossiz deb atadi.