Icardi qiziga yengil tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda
Argentinada prokuratura «Galatasaray»ning sobiq hujumchisi Mauro Icardi bilan bogʻliq ish yuzasidan tekshiruv boshladi. U 11 yoshli qiziga yengil tan jarohati yetkazganlikda gumon qilinmoqda.

Hodisa 6 noyabr kuni futbolchining Buenos-Ayres yaqinidagi Nordelta yopiq shaharchasidagi uyida yuz bergan. Teleshow nashri eʼlon qilgan politsiya hisobotiga koʻra, qiz kompyuterdan WhatsApp orqali xabar yuborgan. U xabarda otasi uni urib, xonaga qamab qoʻygani va qoʻrqayotganini yozgan. Ikkala qizi ham uydan onasi Vanda Naraning oldiga chiqa olgan. Politsiya maʼlumotiga koʻra, Icardi patrul xodimlari bilan gaplashishdan bosh tortgan.
Nara voqeadan MasterChef Celebrity shousi suratga olinayotgan paytda xabar topib, darhol sobiq erining uyiga borgan. Uy oldida ular oʻrtasida baland ovozli janjal kelib chiqqan.
Prokuror Xulio Petrucci bolani sud-tibbiy ekspertizadan oʻtkazishni belgiladi va Icardiga ish ochilgani haqida xabar berdi. 12 noyabr kuni 33 yoshli futbolchi advokatlari bilan birga koʻrsatma berdi. Himoya tomoni Icardiga nisbatan cheklovlar faqat bir tomonning versiyasiga asoslanib joriy etilganini bildirdi.
Icardi va Naraning 2015 va 2016-yillarda tugʻilgan ikki qizi bor.



