Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Navoiy korxonalari nemis texnologiyalari asosida rivojlanadi

Iqtisodiyot va moliya vazirligida Navoiy viloyati korxonalariga Fraunhofer IPK texnologiyalarini joriy etish va ularni Yevropa bozorlariga olib chiqish boʻyicha memorandum imzolandi.

20-noyabr, 12:52По-русски

Read in English

istockphoto.com

Hujjatda kamida beshta mahalliy mashinasozlik va avtomobilsozlik korxonasining ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholash koʻzda tutilgan. Ular uchun Yevropa sanoati talablariga moslashish choralari ishlab chiqiladi.

Alohida yoʻnalish sifatida import qilinadigan avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarishini mahalliylashtirish belgilanadi. Shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning texnologik imkoniyatlari va xalqaro bozorlarga chiqishini kengaytirish uchun ularni Yevropa kompaniyalari bilan kooperatsiyasini rivojlantirish rejalashtirilmoqda.

Hamkorlik doirasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzurida innovatsiyalar institutini tashkil etish imkoniyati oʻrganiladi. Bundan tashqari, viloyatning besh yillik «aqlli ixtisoslashuv» strategiyasi va 24 oylik amaliy harakatlar rejasini tayyorlash taklif etildi.