Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

FIFA kelishilgan oʻyinlar haqida anonim xabar berish kanalini ishga tushirdi

FIFA futboldagi ehtimoliy qoidabuzarliklar haqida anonim xabar berish mumkin boʻlgan xizmatni ishga tushirdi. U tashkilot homiyligidagi turnirlarda ishtirok etayotgan futbolchilar va hakamlarga moʻljallangan.

20-noyabr, 17:16По-русски

Read in English

sports.ru

Yangi vosita orqali kelishilgan oʻyinlar va musobaqalar halolligiga tahdid soladigan boshqa qoidabuzarliklar haqidagi shubhalar toʻgʻrisida maʼlumot yuborish mumkin. Buning uchun uchta usul mavjud: elektron pochta, SMS va maxsus onlayn shakl. Barcha murojaatlar toʻgʻridan-toʻgʻri sport halolligi uchun masʼul boʻlgan FIFAning tegishli boʻlimiga yuboriladi.

Mazkur boʻlim katta menejeri Liam Rich tushuntirishicha, xizmat futbolchilar va hakamlarga oʻz shaxsini oshkor qilmagan holda qoidabuzarliklar haqida xavfsiz tarzda xabar berish imkonini beradi.

Xuddi shu tizim orqali ijtimoiy tarmoqlarda futbolchilarni haqorat qilish va taʼqib etish holatlari haqida ham shikoyat qilish mumkin.