Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda

2026-yil III choragida Xiaomiʼning elektromobillar va yangi tashabbuslar bilan bogʻliq segmenti savdo oshganiga qaramay, $510 mln zarar koʻrdi.

26-noyabr, 19:56По-русски

Read in English

auto.mail.ru

Xiaomi moliyaviy hisobotiga koʻra, kompaniyaning 2026-yil uchinchi choragidagi tushumi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 19,9 foizga kamaydi. Shu bilan birga, oktabrda kompaniya qariyb 50 000 ta avtomobil sotdi — bu uning rekord natijasi boʻldi.

Kompaniya savdo oʻsishi va zarar oʻrtasidagi farqni talab tarkibining oʻzgarishi bilan izohlaydi. Avval daromadning katta qismini SU7 Ultra kabi yuqori marjali qimmat modellar keltirardi. Endi xaridorlar hamyonbop avtomobillarni koʻproq tanlamoqda, ular esa har bir savdodan kamroq foyda keltiradi.

Oktabrda Skynomad turkumidagi gibrid krossoverlar Xiaomi sotgan barcha avtomobillarning 54 foizidan koʻprogʻini tashkil etdi. Kompaniya buni boshqaruv inqirozi emas, balki avtomobil bozoridagi umumiy siljishning aksi deb hisoblaydi: elektromobillar premium segmentdan ommaviy bozorga oʻtmoqda, bu yerda narx tanlovning asosiy omillaridan biriga aylanmoqda. Tushumni oshirish uchun ishlab chiqaruvchilarga, ehtimol, arzon elektromobillar va gibridlar ishlab chiqarishni koʻpaytirishga toʻgʻri keladi.