Dolly Parton vafotidan keyin «Grammy»ning uch nominatsiyasiga ega boʻldi
Dolly Parton vafotidan keyin «Grammy»ning uch nominatsiyasiga nomzod boʻldi: ikkitasi kantri duetlari va guruhlari, yana biri audiokitob va hikoya qilish uchun.

2027 yilgi «Grammy» mukofoti nominatsiyalari eʼlon qilingach, Partonning nominatsiyalari soni 58 taga yetdi. Ulardan ikkitasi duet yoki guruh ijrosidagi eng yaxshi kantri ijrosi toifasiga kiradi: biri Zak Braunning «Butterfly» qoʻshigʻidagi ishtiroki uchun, ikkinchisi esa Layni Uilson, Mayli Sayrus, Kuin Latifa va Riba Makintayr bilan birga yozilgan «Light of a Clear Blue Morning» kompozitsiyasi uchun berilgan.
Xonanda uchinchi nominatsiyani 2025 yilda chiqarilgan «Star of the Show: My Life on Stage» memuarlari uchun audiokitob, narratsiya va hikoya qilib berish boʻyicha eng yaxshi yozuv toifasida oldi. Parton avval «Grammy» mukofotini 10 marta qoʻlga kiritgan, 2011 yilda esa Recording Academy tomonidan umrbod erishgan yutuqlari uchun taqdirlangan. «Jolene» va «I Will Always Love You» qoʻshiqlari ham «Grammy» shon-shuhrat zaliga kiritilgan.
Parton vakili uning 25 avgust kuni saraton bilan qisqa davom etgan kurashdan soʻng vafot etganini maʼlum qildi. Uning vafotidan keyin Mayli Sayrus, Teylor Svift, Billi Rey Sayrus, Jeyn Fonda va Selin Dion kabi musiqachilar hamda industriya vakillari hamdardlik bildirdi.



