Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Markaziy banki qarzlarni hisobdan chiqarishi va muammoli banklarning omonatlarini oʻtkazishi mumkin boʻladi

Markaziy bank banklarni sanatsiya qilish — litsenziyani chaqirib olish oʻrniga ularni sogʻlomlashtirish qoidalarini tasdiqladi. Hujjat 17 noyabrda kuchga kirdi.

19-noyabr, 12:06По-русски

Read in English

Mexanizmlardan biri oraliq bank tashkil etish boʻladi: u muammoli bankning eng muhim funksiyalarini 12 oygacha bajarishi mumkin, zarurat tugʻilsa, bu muddat yana bir yilga uzaytiriladi.

Sanatsiya toʻgʻrisida qaror qabul qilingach, aksiyadorlar, kuzatuv kengashi va boshqaruv vakolatlari Markaziy bankka oʻtadi. Regulyator yangi rahbariyat yoki maxsus boshqaruvchini tayinlaydi hamda kreditlar va omonatlarni ham oʻz ichiga olgan aktivlar va majburiyatlarni boshqa bankka oʻtkazishi yoki sotishi mumkin. Buning uchun omonatchilarning roziligi talab etilmaydi, yangi bank hisobvaragʻi shartnomalari esa tuzilmaydi.

Zararlar dastlab aksiyadorlar oʻrtasida ularning ulushlariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Shundan soʻng qarzlar hisobdan chiqarilishi mumkin: avvalo subordinatsiyalangan qarzlar, keyin bank bilan bogʻliq shaxslar oldidagi majburiyatlar, undan soʻng boshqa talablar. Kafolatlangan omonatlar, xodimlarning ish haqi va pensiyalari, soliqlar hamda ayrim operatsion majburiyatlar hisobdan chiqarilmaydi. Byudjetdan moliyalashtirish zarur boʻlsa, Markaziy bank buni Vazirlar Mahkamasi bilan kelishishi kerak.