Jalen Reynolds bir klub safida toʻplangan ochkolar boʻyicha Yagona liga rekordini oʻrnatdi
Muntazam chempionat doirasida Krasnoyarskning «Yenisey» jamoasiga qarshi oʻyinda (82:68) Reynolds 25 ochko toʻpladi. Endi uning Qozon klubidagi hisobida 3019 ochko bor.
23-noyabr, 14:06По-русски

championat.com
«Plyus-Minus | Maʼlumotlardagi basketbol» loyihasi xabariga koʻra, amerikalik basketbolchi «Ximki» safida 3007 ochko toʻplagan Aleksey Shveddan oʻzib ketdi. Roʻyxatning keyingi oʻrinlarida TsSKA himoyachilari Kasper Ueyr (2736) va Melo Trimbl (2651) bormoqda.
Reynolds 2022 yildan beri UNIKS safida oʻynab kelmoqda. U jamoa bilan Yagona ligada bir marta gʻolib boʻlgan, ikki marta kumush va bir marta bronza medalini qoʻlga kiritgan.



