Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Texnologiyalar

Forbes: GTA 6 chiqishi hamma narsa ortiqcha yuklama ostida turgan paytda internetga yuklamani oshiradi

Ayrim provayderlar tarmoqdagi sekinlashuvni hajmi 212 GB boʻlgan GTA 6 oʻyinining oldindan yuklanishi bilan bogʻladi. 19 noyabrdagi reliz oldidan oʻyin yaqinda yuz bergan servis muammolari fonida yangi uzilishlarga sabab boʻlishi mumkin.

19-noyabr, 13:10По-русски

Read in English

polygon.com

Rockstar oʻyinni oldindan yuklashni 10 noyabrda boshladi. Shundan keyin ayrim provayderlar trafikda misli koʻrilmagan choʻqqilar kuzatilganini maʼlum qildi. Ularning baholashicha, yuklama nafaqat oʻyinchilarga, balki boshqa mijozlarga ham taʼsir koʻrsatgan.

Studiya Rockstar, PlayStation va Xbox serverlarining bir vaqtning oʻzida ortiqcha yuklanish xavfini kamaytirish uchun bir nechta yangilanishni bosqichma-bosqich chiqardi. Internet-provayderlardan biri, shuningdek, aynan GTA 6 uchun yuklab olish tezligini oshirganini eʼlon qildi. Jismoniy nusxalar egalari ham oʻyinni Rockstar serverlaridan yuklab olishlariga toʻgʻri keladi.

Shu fonda noyabr boshida boshqa raqamli servislar faoliyatida ham muammolar yuzaga kelgan edi. Tarmoq uskunalaridagi nosozliklar sabab aviaqatnovlar toʻxtab qoldi, Microsoft mahsulotlari deyarli bir sutka davomida ishlamadi, Chase mijozlari va Zelle foydalanuvchilari esa akkauntlariga kira olmadi. Keyinroq iCloud, AppleCare, App Store va Apple Music servislarida ham uzilishlar kuzatilgani haqida xabar berildi. Bu hodisalarning sabablari turlicha, kiberhujumlar boʻlganini tasdiqlovchi maʼlumotlar esa yoʻq.

Infratuzilma kompaniyasi bosh direktori Kris Biversning fikricha, yaqin oylar ichida hayotiy muhim tarmoqlardagi uzilishlar yanada yaqqol sezilishi mumkin: eskirgan va yangilanayotgan tizimlarga tushayotgan yuklama tobora ortib bormoqda.