«Indiana» «Oklahoma»ni magʻlub etib, toʻrt magʻlubiyatdan iborat seriyasiga chek qoʻydi
Indianapolisdagi «Geynbridj Fildhaus» arenasida 24-noyabrga oʻtar kechasi boʻlib oʻtgan uchrashuv 125:120 hisobida yakunlandi (27:27, 29:24, 40:40, 29:29).

Uchrashuv taqdirini ikkinchi chorak hal qildi: mezbonlar bu chorakda besh ochko farqi bilan ustun kelishdi, qolgan barcha choraklar esa durang bilan yakunlandi.
«Peysers» safida Paskal Siakam eng yaxshi natijani qayd etdi: 20 ochko, sakkizta ribaund va beshta samarali uzatma. Endryu Nembhard 15 ochko toʻplab, oltita uzatma berdi, ikkita ribaund oldi va ikki marta toʻpni olib qoʻydi. Ivitsa Zubats 14 ochko va 15 ta ribaunddan iborat dabl-dabl qayd etdi.
«Tander» safida yana Shey Giljyes-Aleksander eng koʻp ochko toʻpladi. Uning hisobida 38 ochko, yettita uzatma va beshta ribaund bor. Kenrich Uilyams jamoasiga 20 ochko va toʻqqizta ribaund keltirdi, Ayzeya Hartenstayen esa 18 ochko va shuncha ribaund qayd etdi.
Bu gʻalaba «Indiana»ning ketma-ket toʻrtta oʻyindan iborat gʻalabasiz seriyasini toʻxtatdi. «Oklahoma» soʻnggi yetti uchrashuvdagi beshinchi magʻlubiyatini qabul qildi.



