Yevro-2028 saralash qurʼasi savatchalari eʼlon qilindi: Rossiya yoʻq
Yevro-2028 saralashida 54 ta milliy terma jamoa qatnashadi. Savatchalar taqsimotida Rossiya terma jamoasi yoʻq.
18-noyabr, 18:18По-русски

championat.com
2028 yilgi Yevropa chempionati saralash turniri qurʼasi uchun jamoalarning savatchalarga taqsimoti maʼlum boʻldi. Saralashda 54 ta terma jamoa qatnashadi, biroq ular orasida Rossiya terma jamoasi yoʻq.
Turnirning final bosqichi 2028 yil 9 iyundan 9 iyulgacha Buyuk Britaniya va Irlandiyada oʻtkaziladi. 2022 yil fevralining oxiridan beri Rossiya jamoalari, jumladan terma jamoa, FIFA va UEFA qaroriga koʻra xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan. Shundan soʻng milliy terma jamoa faqat oʻrtoqlik uchrashuvlarida qatnashmoqda, Alfa-Bank Rossiya Premyer-ligasi klublari esa ichki turnirlarda ishtirok etmoqda.



