Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Oʻzbekiston Weir Minerals bilan hamkorlikni kengaytirish masalasini koʻrib chiqdi

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish, soha korxonalarida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va ishlab chiqarish samaradorligini oshirish yoʻllarini muhokama qildi.

19-noyabr, 12:56По-русски

Read in English

Muzokaralarda vazirning birinchi oʻrinbosari F. Hamidova, Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchisi Timoti Smart va Weir Minerals kompaniyasining mintaqaviy boshqaruvchi direktori Rajen Govender, shuningdek, kompaniya vakillari ishtirok etdi.

Ishtirokchilar mamlakatning togʻ-kon sanoati istiqbollari, investitsiya rejalari va xorijiy hamkorlarni jalb etish masalalari haqida gaplashdi. Weir Minerals kompaniyasining Oʻzbekistondagi togʻ-kon korxonalari bilan hamkorligi ham alohida muhokama qilindi. Gap yangi texnologiyalarni joriy etish, unumdorlikni oshirish va operatsion samaradorlikni yaxshilash haqida bordi.

Tomonlar, shuningdek, innovatsion yechimlar ishlab chiqarish jarayonlarini qanday qilib yanada barqaror qilishi mumkinligini muhokama qildi va kelgusidagi hamkorlikning ehtimoliy yoʻnalishlarini belgilab oldi.