Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Real Valverde bilan shartnomani 2031-yilgacha uzaytiradi

Real sardori Federiko Valverde klub bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytirishi kutilmoqda. Bitimda 1 milliard yevrolik tovon puli va maosh oshirilishi koʻzda tutiladi.

20-noyabr, 15:00По-русски
sports.ru

Yangi kelishuv boʻyicha muzokaralar davom etmoqda. Urugvaylik futbolchining amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha amal qiladi. Uzaytirilgach, u jamoaning eng koʻp maosh oladigan futbolchilari qatoriga kirishi kerak.

Valverde 2016-yilda Realga oʻtgan va 2018-yildan asosiy jamoa safida oʻynamoqda. U Madrid klubi uchun 388 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Joriy mavsumda futbolchi 15 ta uchrashuv oʻtkazib, uchta gol urdi va ikkita golli uzatma amalga oshirdi. Valverde yarim himoyachi va oʻng qanot himoyachisi pozitsiyalarida oʻynadi.