Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Flagg NBA tarixida 20 yoshgacha 20+ ochko jamlaganlar orasida uchinchi boʻldi

«Dallas Mavericks» forvardi Cooper Flagg 20 yoshga toʻlguniga qadar 20+ ochko qayd etgan 45-oʻyinini oʻtkazib, NBA tarixida uchinchi oʻringa chiqdi va Kevin Durantni ortda qoldirdi.

25-noyabr, 15:49По-русски

Read in English

championat.com

25 noyabrga oʻtar kechasi «Denver Nuggets»ga qarshi oʻyinda Flagg 24 ochko, olti ribaund va 12 ta samarali uzatma qayd etdi. Uchrashuv 120:101 hisobida yakunlandi.

20 yoshga toʻlguniga qadar kamida 20 ochko jamlagan oʻyinlar soni boʻyicha amerikalik faqat 62 ta shunday oʻyin oʻtkazgan LeBron James va 49 ta oʻyinga ega Carmelo Anthonydan ortda. Flagg 21 dekabr kuni 20 yoshga toʻladi.

20 yoshga toʻlguniga qadar eng koʻp ochko jamlagan basketbolchilar roʻyxatida ham Flagg ikkinchi oʻrinda: uning hisobida 1886 ochko bor. James 2362 ochko bilan yetakchilik qilmoqda, Flagg esa uning koʻrsatkichidan 476 ochkoga ortda.