Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

Kannavaro Rossiyaga qarshi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatdan soʻng: «Biz gʻalabaga juda erta ishondik, oʻyinni esa 98 daqiqa davomida oʻynash kerak»

Oʻzbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Rossiyadan uchralgan magʻlubiyatdan (2:3) soʻng oʻz jamoasining oʻyiniga baho berdi.

13-noyabr, 11:12По-русски

Read in English

sports.ru

Italiyalik mutaxassis shogirdlari uchrashuvni munosib oʻtkazgan deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, ular gʻalabaga juda erta ishongani uchun magʻlub boʻlgan.

«Bugun biz yaxshi oʻynadik. Muammo shundaki, oʻyin tugashidan oldin gʻalaba haqida oʻylab qoʻydik. Bu biz uchun yaxshi saboq: final hushtagi chalinmaguncha, uchrashuv tugamaydi. Barcha 95–98 daqiqa davomida diqqatni jamlash kerak. Baʼzan futbol juda yomon boʻladi», — dedi Kannavaro.

Murabbiy jamoaning taktikasini ham tushuntirdi. Uning fikricha, yuqori pressing xavf bilan bogʻliq, chunki himoyachilar yakkama-yakka oʻynashiga toʻgʻri keladi. Shu sababli terma jamoa baʼzan himoya chizigʻini yuqoriga koʻtaradi.

Shuningdek, Kannavarodan Italiya terma jamoasi sardori boʻlish yoki murabbiylik qilishning qaysi biri qiyinroq ekani soʻraldi. U ikkilanmay murabbiylik ishini tanladi. «Albatta, murabbiy boʻlish. Jamoaga bogʻliq boʻlasan. Koʻplab narsalarni kuzatib borishingga toʻgʻri keladi, ammo oxir-oqibat hammasini futbolchilarning qanday oʻynashi hal qiladi», — deb javob berdi u.