Alkaras — Medvedev: ATP yakuniy turniri uchrashuvi 18:00 da boshlanadi
Dunyoning uchinchi raketkasi Karlos Alkaras va rossiyalik tennischi Daniil Medvedev 18-noyabr kuni Turinda ATP yakuniy turnirining guruh bosqichida kortga chiqadi.
18-noyabr, 16:06По-русски

championat.com
Uchrashuvning boshlanishi Toshkent vaqti bilan 18:00 ga rejalashtirilgan. Alkaras oʻzaro uchrashuvlarda 7:3 hisobida oldinda, qattiq qoplamali kortlarda esa ispaniyalik tennischining ustunligi 5:2 ni tashkil etadi.
ATP yakuniy turniri 15-noyabrdan 22-noyabrgacha davom etadi. Musobaqaning amaldagi chempioni Yannik Sinner mavsumni muddatidan oldin yakunladi.



