Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Sport

UEFA Millatlar ligasi 2026/2027 pley-off bahslari qurʼasi tashlandi

UEFA Millatlar ligasining 2026/2027-yilgi mavsumida A va B ligalaridagi oʻrinlar uchun pley-off juftliklari aniqlandi. Bahslar 2027-yil 25–30-mart kunlari oʻtkaziladi.

20-noyabr, 17:06По-русски

Read in English

championat.com

B ligasida oʻynash huquqi uchun Kipr va Shimoliy Makedoniya, Estoniya va Ruminiya, Farer orollari va Gruziya, Belarus va Isroil bahslashadi.

A ligasidan joy olish uchun Bosniya va Gertsegovina Daniyaga, Vengriya Serbiyaga, Irlandiya Xorvatiyaga qarshi oʻynaydi. Shuningdek, Sloveniya va Uels terma jamoalari toʻqnash keladi. Birinchi uchrashuvlar 2027-yil 25–27-mart kunlari, javob bahslari esa 28–30-mart kunlari rejalashtirilgan.

Turnirning amaldagi gʻolibi — Portugaliya. U avvalgi turnir finalida 2:2 hisobidagi durangdan soʻng Ispaniyani penaltilar seriyasida 5:3 hisobida magʻlub etdi. Bu portugaliyaliklarning Millatlar ligasidagi ikkinchi chempionligi.