Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Jamiyat

Tramp zarur deb topsa, Eronga yangi zarbalar berishi mumkinligini aytdi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronga yana zarba berish ehtimolini istisno qilmadi. Uning aytishicha, agar buni zarur deb hisoblaganida, ikkilanmasdan shunday qilgan boʻlardi.

13-noyabr, 16:34По-русски

Read in English

news.am

«Agar vaziyat boshqacha rivojlanayotganini koʻrganimda, shunday qilgan boʻlardim. Balki hozirning oʻzida ham», — dedi Tramp Salem News Channel telekanaliga bergan intervyusida. Shu bilan birga, uning fikricha, hozir vaziyat «juda yaxshi» rivojlanayotganini qoʻshimcha qildi.

AQSh prezidenti, agar amaldagi Eron hokimiyati uning prezidentlik muddati oxirigacha hokimiyatda qolsa, bu magʻlubiyat boʻlishini tan oldi. «Albatta», — deya taʼkidladi u.

Shuningdek, Trampdan Tehron amerikalik amaldorni oʻldirsa, AQSh qanday javob berishi haqida soʻrashdi. «Ular mavjud boʻlmay qoladi», — dedi prezident.

Avvalroq Eron tomonidan bildirilgan tahdidlar sabab AQSh moliya vaziri Scott Bessent Vashingtondagi uyidan harbiy bazaga koʻchib oʻtgani haqida xabar berilgandi.