Oʻzbekiston Xitoydagi raqamli sut fermalari tajribasi bilan tanishmoqda
Deyarli 200 nafar oʻzbekistonlik fermer Xitoydagi Ningxia Jiubeier Agricultural Development Co., Ltd. majmuasiga tashrif buyurib, sut chorvachiligidagi raqamli texnologiyalarni oʻrgandi.

Savdo-sanoat palatasi boshchiligidagi oʻzbekistonlik fermerlar delegatsiyasi Ninsya-Xuey avtonom rayonidagi korxonaga tashrif buyurdi. Ishtirokchilarga 5G texnologiyalari yordamida boshqariladigan «aqlli ferma» faoliyati koʻrsatildi.
Majmua 3 ming bosh qoramolga moʻljallangan boʻlib, sut ishlab chiqarish hajmi sutkasiga 48–50 tonnani tashkil etadi. Korxonada Shvetsiyaning DeLaval kompaniyasiga tegishli 16 ta V300 robotlashtirilgan sogʻish tizimi ishlaydi. Oziqlantirish avtomatlashtirilgan, raqamli tizimlar esa har bir hayvonning salomatligi va mahsuldorligini kuzatib boradi.
Fermerlar chorvachilik chiqindilarini qayta ishlash jarayoni bilan ham tanishdi. Fermada ulardan organik oʻgʻitlar ishlab chiqariladi, oqova suvlar tozalanib, qayta ishlatiladi. Savdo-sanoat palatasi maʼlumotiga koʻra, tashrif delegatsiyaga sut chorvachiligida raqamlashtirish, avtomatlashtirish va resurslarni tejovchi yechimlardan foydalanishni oʻrganish imkonini berdi.
Yana oʻqing

Dunyo Trampning yangi bojlariga munosabat bildirmoqda, AQSh aksiyalari keskin tushmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:59
Nega Xiaomi avtomobil savdosini oshirayotgan boʻlsa-da, zarar koʻrmoqda
Iqtisodiyot26-noyabr, 19:56
