GitHub GTA 6’ni PKda ishga tushirishga urinishlar fonida AnyPS5 loyihasi haqidagi postni oʻchirib tashladi
GTA 6 chiqishi fonida GitHub 58 000 ta «yulduz» toʻplagan AnyPS5 repozitoriysini qayd etib, oʻyinlarni boshqa qurilmalarga port qilish qonunni buzmasmikan, deb soʻradi. Post oʻchirib tashlandi.

Microsoftʼga tegishli platforma dastlab obunachilarni GTA 6 chiqishi va AnyPS5 repozitoriysi 58 000 ta «yulduz» marrasiga yetgani bilan tabrikladi. Postda oʻyinlarni boshqa qurilmalarga port qilish qonuniy yoki qonuniy emasligi haqida ham savol berildi.
Postga AnyPS5 ishlab chiquvchisining GTA 6 chiqishiga tayyorgarlik haqidagi xabari aks etgan video ham biriktirilgan. Shu sababli nashr oʻyinni PKda norasmiy ishga tushirishga urinishlarni ragʻbatlantirishdek koʻrinishi mumkin edi. Hozirda GTA 6 rasman faqat PS5 va Xbox Series X hamda Sʼda mavjud.
Take-Two oʻyinni PKga koʻchirishga urinishlar bilan bogʻliq havaskorlik loyihalarini GitHubʼdan olib tashlatishga intilmoqda. Kompaniya, shuningdek, Xbox Series uchun sizib chiqqan yigʻilmaning ehtimoliy qayta tiklanishi va emulyatsiyasini ham kuzatmoqda.
Take-Two rahbari Shtraus Zelnik avvalroq kompaniya sunʼiy intellekt yordamida reverse engineeringʻga qarshi texnik himoya va huquqiy choralarni kuchaytirayotganini aytgan edi. Uning soʻzlariga koʻra, norasmiy versiyalar yanada jiddiy muammoga aylanishi mumkin, biroq kompaniya vaziyat ustidan nazoratni saqlab qolishga umid qilmoqda.



