Auston Matthews NHLda safardagi ochkoli seriyalar boʻyicha Patrick Kane bilan tenglashdi
“Toronto Maple Leafs” hujumchisi Auston Matthews “New York Islanders”ga qarshi oʻyinda ochko olib, safardagi seriyasini 10 ta uchrashuvga uzaytirdi.
24-noyabr, 11:24По-русски

championat.com
Matthews NHL muntazam chempionati oʻyinida golli uzatmani amalga oshirdi. Shu tariqa amerikalik xokkeychi ketma-ket 10 ta safar uchrashuvida ochko jamgʻardi.
Bu Matthewsning faoliyatidagi oltinchi shunday seriyadir. Mazkur koʻrsatkich boʻyicha u “Chicago Blackhawks”ning 38 yoshli hujumchisi Patrick Kane bilan tenglashdi. NHL tarixidagi amerikalik xokkeychilar orasida ikkalasi birinchi oʻrinni boʻlishib turibdi.



