«Siuuu!»: Højlund Portugaliya darvozasiga dubl qayd etdi va golni Ronaldo uslubida nishonladi
Daniya terma jamoasi hujumchisi Rasmus Højlund Portugaliya bilan Millatlar ligasi doirasidagi uchrashuvda (4:1) dubl qayd etdi va Instagramdagi postini Cristiano Ronaldoga bagʻishladi.

Bragada Daniya terma jamoasi Portugaliyani 4:1 hisobida magʻlub etdi, Højlund esa raqib darvozasini ikki marta ishgʻol qildi. Hujumchi gollardan birini Ronaldoga xos ishora bilan nishonladi.
Oʻyindan soʻng «Napoli» hujumchisi Instagramʼda uchrashuvdan olingan suratni eʼlon qilib, shunday deb yozdi: «Menimcha, bu yerga mos keladigan yagona izoh — Siuuu!» Portugaliya uchun bu uchrashuv Ronaldoning terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyingi birinchi oʻyin boʻldi. Uchrashuv oldidan portugaliyalik futbolchilar sobiq sardor sharafiga yettinchi raqam tushirilgan futbolkalarda maydonga chiqishdi.



