Juma, 27-noyabr 2026-yilRUUZENTelegram
Iqtisodiyot

Yevropa Ittifoqi Kengashi va Yevroparlament 2027 yilgi ittifoq budjeti boʻyicha kelishuvga erishdi

U 2021–2027 yillarga moʻljallangan YI koʻp yillik moliyaviy rejasi doirasidagi yettinchi va soʻnggi budjet boʻladi.

11-noyabr, 19:00По-русски

Read in English

2eu.brussels

Budjet hajmi budjet majburiyatlari boʻyicha 199,7 mlrd yevroni, amaldagi toʻlovlar boʻyicha esa 211,5 mlrd yevroni tashkil etadi. Amaldagi moliyaviy reja xarajatlari doirasida kutilmagan ehtiyojlar uchun 710,1 mln yevro zaxira ham saqlab qolindi.

Ukrainaga kredit koʻmagini taqdim etish uchun ham majburiyatlar, ham amaldagi toʻlovlar boʻyicha 0,65 mlrd yevro ajratildi. Mudofaa va xavfsizlikka majburiyatlar boʻyicha 3,08 mlrd yevro, toʻlovlar boʻyicha esa 2,23 mlrd yevro yoʻnaltiriladi. Migratsiya va chegaralarni boshqarish xarajatlari mos ravishda 5,81 mlrd va 3,88 mlrd yevroni tashkil etadi.

Yevropa Ittifoqi Kengashi kommyunikesida budjet kelishilgan dasturlarni amalga oshirish va inqirozlarga, jumladan, Ukrainadagi hamda Yaqin Sharqdagi vaziyatlarga javob qaytarish imkonini berishi qayd etildi. Budjet boʻyicha bosh muzokarachi, Kengashga raislik qilayotgan Irlandiyaning moliya vaziri Saymon Harris hujjat milliy budjetlar va soliq toʻlovchilar zimmasiga qoʻshimcha yuk tushirmasligi kerakligini aytdi.

Kelishuvni Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi Kengashi hali rasman tasdiqlashi kerak. Kengash uni 23 noyabrda maʼqullashi kutilmoqda; tasdiqlash uchun malakali koʻpchilik ovozi talab etiladi. 26 noyabr kuni Bryusselda 2028–2034 yillarga moʻljallangan uzoq muddatli YI budjeti boʻyicha navbatdan tashqari sammit boʻlib oʻtadi.